"Real Madrid" himoyachisi jarohat olib, safdan chiqdi

  • 24 yanvar, 14:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"ning muhim himoyachilaridan biri Lukas Vaskes jarohat olib, safdan chiqdi. 
 
"COPE" nashrining xabar berishicha, ispanilik himoyachi son qismidan jarohat olgan. Uning qachon safga qaytishi noma’lumligicha qolmoqda. 
 
"Marca" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Anchelotti muhim uchrashuvlarda Federiko Valverdeni o‘ng qanot himoyada o‘ynatishni maqsad qilib qo‘ygan. Agarda David Alaba asosiy tarkibga tushishga to‘liq tayyor bo‘lsa, Raul Asensio o‘ng qanot himoyada harakat qilishi mumkin. 
 
Xabaringiz bor, bir necha oy oldin klubning asosiy himoyachisi Dani Karvaxal og‘ir jarohat olib, mavsum so‘nggiga qadar safdan chiqdi. Shu sababli, klub mutasaddilari yozgi transferlar oynasida "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni olib kelmoqchi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!