“Real” ikkita katta xatosini qimmatga to‘g‘rilaydi

  • 22 aprel, 07:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” akademiyasi juda ko‘plab iste’dodlarni tarbiyalagan. Biroq ularning hammasi ham professional faoliyati boshida madridliklarning asosiy jamoasiga qabul qilinmaydi.

Tecno

Ba’zan erta qo‘yib yuborilgan yulduzlarning boshqa jamoada ishlari yurishib ketadi. Bunga Ashraf Hakimi yoki Martin Edegorni misol qilish mumkin.

“Qirollik klubi” oxirgi ikki-uch yil ichida Migel Guterresni “Jirona”ga va Niko Pasni “Komo”ga sotib yuborgan edi. Bu transferlardan madridliklar atigi 10 million evro ishlab olgan.

Endi “Real” o‘z tarbiyalanuvchilarini qayta sotib olishga harakat qilmoqda. 23 yoshli chap qanot himoyachisi Migel Guterresning transfer summasi 25 million evroga ko‘tarilgan.

Italiya chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan 20 yoshli universal futbolchi Niko Pas ham bir necha baravar qimmatladi. Uni olmoqchi bo‘lgan klublar 35 million evrodan boshlangan summalarni taklif qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!