“Real” Husanovning jamoasidan o‘yinchi olmoqchi

  • 23 iyun, 17:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kelasi mavsum oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni maqsad qilgan “Real” yozda bir necha katta xaridlarni amalga oshirishi kutilmoqda.

Tecno

Madridliklar o‘tgan yili faoliyatini yakunlagan Toni Kroos va tez orada jamoadan ketadigan Luka Modrich o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi qidiryapti. Aslida “Qirollik klubi” mutasaddilari maydon markaziga “Real Sosedad” yarim himoyachisi Martin Subimendini ko‘zlagan edi. Biroq ispan futbolchisi “Arsenal”ga o‘tishni ma’qul topdi.

Bu orada “Real” Bundesligada “Shtutgart” safida porlayotgan Angelo Shtillerning imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi. Klub selektsionerlari jamoa uchun muhim pozitsiyaga sinovdan o‘tgan va katta o‘yinlarda suyagi qotgan tajribali o‘yinchi olishga qaror qildi.

AS nashrining yozishicha, ayni paytda bu pozitsiyaga birinchi raqamli nishon “Manchester Siti”da “Oltin to‘p” olgan Rodri bo‘lib turibdi. Husanovning jamoadoshi maydon markazi uchun ideal variant hisoblanadi.

“Real” Rodrini transfer qilish murakkab ekanini biladi. Shu bois, “Qirollik klubi” transfer nishonlari ro‘yxatiga “Liverpul”dan Aleksis Mak Allister va “Chelsi”dan Entso Fernandesni ham qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!