"Real" hujumchisi "Arsenal"ga o‘tishga yaqin

  • 10 iyul, 2019, 14:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi forvardi Mariano Dias katta ehtimol bilan faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradi.

Tecno

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli futbolchining yangi manzili Londonning “Arsenal” klubi bo‘ladi. Aytish kerakki, jamoalar vakillari ushbu transfer masalasida o‘zaro gaplashishgan va kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra “kanonirlar” Diasning transferi uchun madridliklarga 20 mln evro to‘lashadi.

Ma’lumot uchun, “Real” Mariano Diasni o‘tgan yoz “Lion”dan sotib olgan edi. U yakunlangan mavsum jami 19ta o‘yinda ishtirok etdi va 4ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!