"Real" himoyachisi jamoani tark etishi mumkin

  • 9 iyul, 2023, 17:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" himoyachisi Ferland Mendi yozda "Qirollik klubi"ni tark etishi mumkin, deya xabar beradi "Fichajes" nashri.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni chempionati va Liga 1 klublari 28 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Ayni vaqtda Mendining o‘zi Madrid Grand klubini tark etishni rejalashtirmayapti.

O‘tgan mavsumda Ferlan barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Mendi madridliklar safiga 2019 yilning yozida kelib qo‘shilgandi. Futbolchining "Real" bilan shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 25 million evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!