
“Real” futbolchisi psixolog yordamiga muhtoj
“Real” hujumchisi Vinisius Junior psixolog bilan ishlay boshladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 21 yoshli braziliyalik futbolchi maydondagi hissiyotlarini jilovlash va atrofdagi bosimga dosh berish usullarini o‘zlashtirmoqchi.
Vinisuis yangi mavsumda jami 55 daqiqa o‘ynadi. Biroq, bu vaqt uning “Alaves” va “Levante” darvozalariga uchta to‘p kiritishi uchun etarli bo‘ldi.
Karlo Anchelotti murabbiyligidagi “Real” navbatdagi uchrashuvni 28 avgust kuni safarda “Betis”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar