"Real" futbolchisi ortga qaytmaydi

  • 10 noyabr, 2021, 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Milan" safida ijara asosida o‘tkazayotgan "Real" yarim himoyachisi Braim Dias Madridga qaytmasligi mumkin.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, ispaniyalik futbolchi "rossonerilar" safida kamida 2023 yilga qadar qoladi.

Yuqoridagi manbaning yozishicha, "Real" Diasning taqdiri bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Biroq shartnomaga ko‘ra, “Milan”da uning transferini to‘liq sotib olish huquqi mavjud.

22 yoshli Dias joriy mavsum “Milan” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!