"Real" futbolchisi Madridga qaytishni xohlamayapti

  • 15 may, 2021, 01:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni “Milan” safida ijarada o‘tkazayotgan “Real” yarim himoyachisi Braim Dias Madridga qaytishni reja qilmayapti.

Tecno

«Men aqlbovar qilmaydigan shahar va ajoyib klub - Milanda o‘ynashdan juda xursandman. Muxlislar meni ajoyib kutib olishmoqda, bu erda o‘zimni zo‘r his qilyapman. Men ularga quvonch baxsh etmoqchiman. "Milan"da muvaffaqiyat qozonish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman.

"Milan"dek klub Chempionlar ligasida o‘ynashi kerak. Bu jiddiy turnir, unga kirish biz uchun katta ahamiyatga ega», - dedi Dias SportMediaset nashriga bergan intervyusida.

21 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada jami 25 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!