
"Real" futbolchisi faoliyatini Turkiyada davom ettirmoqchi
Madridning "Real" klubi darvozaboni, ukrainalik Andrey Lunin jamoani tark etib, Turkiyaga yo‘l olishi mumkin. AS nashrining xabar berishicha, futbolchi o‘z holatidan va maydondagi o‘yin vaqtining kamligidan norozi.
Luninga asosiy da’vogar sifatida Turkiyaning "Galatasaray" klubi ko‘rilmoqda. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Madrid klubi darvozabonni 20 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Shu bilan birga, "Real" allaqachon "Espanol" klubining 24 yoshli posboni Joan Garsiya bilan muzokaralarni boshlagan.
2024/2025-yilgi mavsumda "Real" La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar