"Real" futbolchisi chempion jamoaga o‘tadi

  • 25 aprel, 2022, 13:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Isko mavsum so‘nggida "qirollik klubi"ni tark etadi. 

Tecno

"Marca" nashrining yozishicha, futbolchi xizmatiga "Betis" jiddiy qiziqib qolgan. Havbekning transferini klub murabbiyi Manuel Pellegrinining shaxsan o‘zi xohlamoqda. Ular bungacha "Malaga"da birga ishlagan.  "Yashil-oqlar" 30 yoshli ispanga ikki yillik shartnoma taklif qiladi. 

Iskoning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi kelishuvi 2022 yil yozda yakuniga etadi. Madrid klubi futbolchi bilan yangi bitim imzolashga shoshmayapti. 

Joriy mavsum yarim himoyachi 15 o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga erishgan. Avvalroq, unga "Sevilya" va "Fiorentina" jamoalari qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Eslatib o‘tamiz, "Betis" Ispaniya kubogi finalida "Valensiya"ni engib, chempionga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!