
“Real” futbolchiga aytmay, uni boshqa jamoaga o‘tkazib yubordi
“Benfika” va “Real” rahbariyati madridliklar hujumchisi Mariano Dias ijarasi bo‘yicha barcha rasmiyatchiliklarni yakunlab bo‘ldi. Biroq, kutilmagan muammo chiqdi. Futbolchining o‘zi Portugaliyaga ketishidan bexabar va bunga rozilik bermagani ma’lum bo‘ldi.
Dominikanlik hujumchi mavsumni “Real”da o‘tkazishni rejalashtirib, shunga yarasha hozirlik ko‘rgan ekan. Diasning o‘zi yoki agentlari bilan hech kim “Benfika”ga o‘tishi, u erdagi o‘rni va transfer shartlari bo‘yicha gaplashmagan.
Dias ayni paytda madridliklardan yiliga 4,5 million evro maosh oladi. “Benfika”ga o‘tsa, bu summa keskin pasayadi. Shuning uchun hujumchi “Real”da asosiy tarkibga kira olmayotganiga qaramay, Madriddan ketishga shoshilmayapti.
Fikrlar