
"Real" finalda "Osasuna" bilan o‘ynaydi. O‘yin qachon?
"Real" va "Osasun" Ispaniya kubogi finalida to‘qnash keladi.
Madrid klubi Ispaniya kubogi yarim final bosqichining javob uchrashuvida "Barselona"ni 4:0 hisobida taslim etib, finalga yo‘l oldi. Avvalroq, "Osasuna" "Atletik" ustidan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylangandi.
Ma’lumot uchun, bosh sovrin uchun kechadigan bahs 6 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar