
"Real" etakchisi "el-klassiko"gacha safga qaytishi mumkin
"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua Ispaniya chempionati doirasidagi Kataloniyaning "Barselona" klubiga qarshi o‘yinda maydonga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Mario Kortaxena ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Avvalroq, belgiyalik futbolchi jarohat olib, La Liganing 7-turi doirasidagi “Osasuna”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. Qayd etilishicha, Kurtua EChL va La Ligadagi yana uchta bahsda maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, posbon o‘tgan mavsum oxirida "Real"ga Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga yordam bergandi. Final bahsida belgiyalik kiper "eng yaxshi futbolchi" sovrinini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar