
"Real" Entsoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandes kutilmaganda "Real Madrid"ning transfer nishoniga aylandi. Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasida argentinalik futbolchini sotib olishga harakat qiladi. Qayd etilishicha, Fernandesning o‘zi ham "Santyago Bernabeu"ga o‘tishga tayyor. Joriy mavsumda 24 yoshli xavbek barcha turnirlar doirasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Fernandesning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning narxini 75 million evroga baholamoqda.
Fikrlar