“Real” eng qimmat futbolchidan yuz o‘girdi

  • 1 mart, 2023, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” kelasi yozda asosiy nishon sifatida “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingemni tanlagan edi.

Tecno

Madridliklarning rejasi bo‘yicha 19 yoshli angliyalik yarim himoyachi yangi loyihaning asosiy futbolchilaridan bo‘lishi va yaqin kelajakda maydonda Luka Modrich va Toni Kroos o‘rnini egallashi rejalashtirilgandi.

Klub prezidenti Florentino Peres yarim himoyada Orelen Chuameni, Eduardo Kamavinga, Federiko Valverde kabi yosh, chaqqon va tezkor futbolchilarni jamlaganiga qaramay, Bellingemni ham tezroq transfer qilmoqchi.

Biroq, ESPN jurnalisti Yan Oge Fortoftning ma’lum qilishicha, madridliklar dortmundliklar fubolchi uchun talab qilayotgan 150 million evroni to‘lay olmasligi mumkin. Bundan tashqari, Jud uchun kurashda “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” kabi badavlat klublar bilan raqobat ispanlarni qiynab qo‘yishi mumkin.

Ayni paytda “Real” uchun tez orada asosiy to‘purar Karim Benzemaning o‘rnini bosishga qodir superhujumchi olish eng dolzarb masala hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!