
"Real" Diasning shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi, endi navbat...
"Real Madrid" futbolchisi Braim Dias yaqin kunlarda klub bilan yangi shartnomasini imzolaydi. Bu haqda ichki manba Fabritsio Romano ma’lum qilmoqda.
Manbaning xabar berishicha, "Real" 25 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan keyingi besh yilga mo‘ljallangan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda sezilarli muvaffaqiyatga erishgan. Ta’kidlanishicha, tomonlar deyarli kelishuvga erishgan bo‘lib, navbatdagi masala darvozabon Tibo Kurtua bilan bog‘liq.
Braim Dias 2019 yilda "Real" safiga qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi. Futbolchining hozirgi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar