
“Real” 18 yoshli darvozabon topdi
“Real” rahbariyati AQSh chempionatida “Chikago Fayr” jamoasi darvozasini qo‘riqlab kelayotgan Gabriel Sloninani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deb xabar tarqatdi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning ta’kidlashicha, 18 yoshli posbln 2019 yildan beri “Chikago Fayr”ning asosiy jamoasi a’zosi hisoblanadi. Bu mavsumda jamoaning asosiy posboni sifatida barcha o‘yinlar 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta seyv amalga oshirdi va o‘z darvozasi to‘ridan 20 ta to‘p olib chiqdi.
“Chikago Fayr” 14-tur yakunlariga ko‘ra, 11 ochko bilan oxirgi o‘rinni egallab turibdi. Shunga qaramay, “Real” skautlari Gabriel Slonina Madrid klubi uchun kerakli posbon, degan xulosa bermoqda.
Fikrlar