"Real" "Chelsi"ga qarshi o‘yindan oldin jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 3 may, 2021, 21:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" markaziy himoyachisi Rafael Varan UEFA Chempionlar ligasi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan "Chelsi"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 28 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘ng oyoq son mushaklaridan jarohat olgan. Varan ushbu jarohatni "Osasuna"ga (2:0) qarshi bellashuvda ortirgan.

Rafael Varan joriy mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda jami 40 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

"Chelsi" - "Real" uchrashuvi 5 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Ushbu jamoalarning Madridda o‘tgan dastlabki o‘yini 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!