
“Real” bir kunda Marseloning o‘rniga o‘yinchi topdi
“Real”ning braziliyalik himoyachisi Marselo uchrashuv davomida Rafael Varan bilan urishib qolgani ortidan, “Qirollik klubi” rahbariyati yoshi o‘tib qolgan futbolchini sotib yuborishga qaror qilgandi.
Madrid klubi skautlari Marseloning o‘rniga “Sporting”da ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan chap qanot himoyachisi Nunu Mendeshni olishni tavsiya qilmoqda. Bu o‘yinchini “Real”ning bosh skauti Xuni Kalafatning shaxsan o‘zi topdi.
Evropaning qator klublari nishonida turgan futbolchining transferi 45 million evroga baholanmoqda. Nunu Mendesh joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda bitta gol urdi. Unig klub bilan kelishuvi 2025 yilning yozigacha rasmiylashtirilgan.
Fikrlar