
“Real” Benzemaga o‘rinbosar sifatida qariya futbolchini sotib olishi mumkin
“Milan” futbolchisi Olive Jiru yangi mavsumni Ispaniya La Ligasida boshlashi mumkin. Frantsiyalik futbolchiga "Real" qiziqish bildirmoqda.
So‘nggi paytlarda Madrid klubi zaxirasidagi ko‘plab hujumchilar jamoa bilan xayrlashishi borasidagi ma’lumotlar bor: Mariano Dias, Marko Asensio va Borxa Mayoral yozda “qaymoqranglilar” safini tark etishi mumkin. Agar bu holat yuzaga kelsa, "qirollik klubi" "Milan" hujumchisi transferini amalga oshirishga harakat qiladi, deb xabar berdi “Fichajes” nashri.
"Milan" "Liverpul"dan Divok Origini sotib oldi va bu Jiruning Italiya klubi asosiy tarkibidan joy olishi ehtimolini so‘roq ostida qoldiradi. Shu bois, futbolchi jamoasini almashtirish ehtimoli bor.
Jiru o‘tgan mavsumda A Seriya doirasidagi 29 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 gol va 3 golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar