
"Real" Arnoldni tezroq o‘z safiga qo‘shib olish uchun pul to‘lamoqchi
Xabaringiz bor, Angliya terma jamoasining 26 yoshli himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold erkin agent sifatida "Liverpul"dan "Real Madrid"ga o‘tmoqda.
Trentning shartnomasi 30 iyungacha mo‘ljallangan. "Qaymoqranglilar" esa futbolchining 15 iyun kuni boshlanadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘z safida o‘ynashini xohlamoqda. Buning uchun madridliklar mersesaydliklarga 5 million evro to‘laydi, deya xabar bermoqda "El Chiringuito TV" boshlovchisi Xosep Pedrerol. Avvalroq "Madrid" Trentning Klublar o‘rtasida Jahon chempionatida ishtiroki uchun "qizillar"ga 2 mln evro to‘lashi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Trent joriy mavsum 44 ta bellashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar