
"Real" akademiyaga murojaat qilmoqchi
"Real Kastilya" hujumchisi Ugo Duro mavsumning ikkinchi yarmida asosiy jamoada to‘p surishi mumkin.
21 yoshli Ispaniya terma jamoasi hujumchisi "Real B" jamoasining ayni damdagi to‘purari hisoblanadi. U mavsumning ortda qolgan qismida 7 ta o‘yinda 5 ta gol muallifi bo‘ldi.
Luka Yovichning "Ayntraxt"ga ketishi sabab madridliklar yangi forvard xarid qilish o‘rniga akademiyadan futbolchi olishni rejalashtirmoqda.
"Real" Duroni mavsum avvalida "Xetafe"dan ijaraga olgan edi. Biroq klub rahbariyati endi ispaniyalik futbolchining transfer huquqini to‘laqonli sotib olmoqchi.
Fikrlar