
"Real" 34 yoshli hujumchini xarid qilmoqchi
"Galatasaroy" hujumchisi Radamel Falkao qishki transfer vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "Calciomercato" xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, turk klubi rahbariyati futbolchiga o‘zi uchun yangi jamoa izlashini aytgan. Kolumbiyalik hujumchi xizmatiga "Real" qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" forvardni Karim Benzemaga zaxira variant sifatida ko‘rmoqda.
Joriy mavsum 34 yoshli Falkao 9ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan hamda 2ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar