"Real " yozda Mendini sotishga tayyor

  • 28 aprel, 2023, 14:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Madridning “Real” klubi shu yozda chap qanot himoyachisi Ferlan Mendini sotishga tayyor. "Cadena SER" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" 2019 yilda transfer qilinganidan beri turli jarohatlar tufayli 60 dan ortiq o‘yinni o‘tkazib yuborgan frantsiyalik himoyachini sotishga qaror qildi  bn.

Avvalroq, Mendiga PSJ tomonidan qiziqish bildirilayotgani xabar qilingandi. "Real" Madrid 28 yoshli futbolchi uchun qoniqarli tovon puli olsa, uni sotishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Mendi hozirda jarohatidan forig‘ bo‘lmoqda. Ferlan joriy mavsum Ispaniya chempionatida 15 uchrashuvda maydonga tushib,  o‘z nomiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!