
"Real" - "Manchester Siti" va "Lion" - "Yuventus" uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar nomi ma’lum
UEFA tashkiloti Evropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Real" - "Manchester Siti" va "Lion" - "Yuventus" bellashuvlariga tayilangan hakamlar guruhini ma’lum qildi.
Madridda italiyaliklar ishlaydigan bo‘ldi. Bosh hakam Daniele Orsato, unga qanotlarda Lorentso Manganelli va Alessandro Jallatini yordam beradi. VARda Massimiliano Irrati ishlaydi va unga Chiro Karbone yordam beradi. Uchrashuvning zahira hakami esa Daniele Doveri etib tayinlandi.
Lion shahridagi uchrashuvda ispaniyalik hakamlar guruhi ishlashi e’lon qilindi. Xesus Xil Mansano boshchilik qiladigan jamoada Diego Barbero va Anxel Nevado qanot hakami vazifasini bajarishadi.
Xuan Martines Munuera esa videoassistent bo‘lib ishlaydi va unga Rikardo de Burgos yordam beradi.
Bahsdagi to‘rttinchi hakam etib Gilermo Kuadra Fernandes tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, ikkala qarama-qarshilik ham 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar