"RB Leyptsig" Dani Olmoga yangi narx qo‘ydi!

  • 16 iyul, 2024, 09:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dani Olmoning "RB Leyptsig" bilan shartnomasiga kiritilgan ozod qilish bandi tez orada tugaydi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, istalgan jamoa 26 yoshli ispaniyalik yarim himoyachini 60 million evro tovon puli evaziga sotib olishi mumkin. Biroq ushbu imkoniyat faqat 20 iyulgacha amal qiladi. Ammo bunday qisqa muddat ichida hech bir klub bu transferni rasmiylashtirishga ulgurmasligi aniq, ammo “RB Leyptsig” Olmoni belgilangan sanadan keyin taxminan shu narxga sotishga tayyor.

Germaniya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Evropa chempionatida Ispaniya terma jamoasining etakchilaridan biriga aylangan futbolchiga "Bavariya", "Chelsi" va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda. Dani Olmo Evro-2024 doirasidagi oltita o‘yinda uchta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "RB Leyptsig" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!