Rasmiy xabar: Ikardi PSJ bilan shartnoma imzoladi

  • 31 may, 2020, 16:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" "Inter" hujumchisi Mauro Ikardining transferini rasman e’lon qildi.

Tecno

27 yoshli argentinalik futbolchi klub bilan 2024 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuv tomonlar o‘rtasidagi ijara muddati yakuniga etganidan so‘ng amal qilishni boshlaydi.

Oldinroq, ushbu transfer PSJ uchun 50 million evroga tushishi, forvard esa yiliga 8 million evro maosh olishi ma’lum bo‘lgan edi.

OAV xabariga ko‘ra, agar parijliklar forvardni bir yil ichida italyan klublarining biriga transfer qiladigan bo‘lsa, unda "Inter" qo‘shimcha bonus sifatida 15 million evro oladi.

Joriy mavsumni PSJda ijara asosida o‘tkazgan Ikardi 30 ta o‘yinda 20 gol va to‘rtta golli uzatmani muallifi bo‘ldi. Shuningdek, u klub bilan mamlakat chempionligini ham qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!