
Rasman: Vitaliy Denisov "Rotor" bilan shartnoma imzoladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov faoliyatini "Rotor"da davom ettiradi.
Volgograd klubida 32 yoshli futbolchi 29-raqam ostida to‘p suradi.
"Men buyuk tarixga ega klub tarkibiga qo‘shilganimdan mamnunman. "Rotor"da natijalarga erishish istagi bor, menda ham shunday xohish mavjud.
Volgogradda yangi, zamonaviy stadion qurilgan. Bu esa muhlislar e’tibori va mehrini qozonmoqda", - deya aytib o‘tdi Denisov klub matbuot-xizmatiga.
Eslatib o‘tamiz, Denisov joriy mavsumni "Rubin" tarkibida boshladi va Rossiya chempionatida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi. 11 yanvar kuni esa Qozon klubi futbolchi bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi.
Fikrlar