
Rasman! Valeriy Karpin sobiq klubiga qaytdi. Endi Rossiya terma jamoasidagi ishi nima bo‘ladi?
Rossiya terma jamoasi ustozi Valeriy Karpin yana “Rostov” boshqaruviga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 53 yoshli mutaxassis klub va Rossiya terma jamoasidagi faoliyatini birlashtiradi. Qayd etilishicha, Karpin RFI bilan kelishuvni 2022 yil oxirigacha uzaytirgan.
Eslatib o‘tamiz, FIFA va UEFA Rossiya terma jamoasini xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan chetlashtirdi.
Karpin “Rostov”ni 2017 yildan 2021 yilgacha boshqargan. Jaoma 20 turdan keyin klub RPL musobaqa jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar