
Rasman! UEFA Grizmann borasida qarorini o‘zgartirdi
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turida "Liverpul"ga qarshi o‘yinda Antuan Grizmann qizil kartochka olgandi.
U "Liverpul" futbolchisi Roberto Firminoning boshiga oyog‘i bilan zarba berib yuborib, maydondan chetlatilgandi. Yaqinda UEFA uni ikkita o‘yinga chetlatgani borasida xabar chiqdi, biroq "Atletiko"ning apellyatsiyasidan so‘ng qaror bitta uchrashuvga o‘zgartirildi.
Qayd etish joiz, endi Antuan EChL 5-turidan o‘rin olgan "Milan"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha oladi.
Fikrlar