Rasman! "Surxon"ga bosh murabbiy tayinlandi. U ham ispaniyalik...

  • 9 sentabr, 2022, 13:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Nihoyat, “Surxon” klubi yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi. Sports.uz sayti orqali avvalroq ispaniyalik Anxel Lopesning “Surxon”ni tark etgani haqida yozgandik va bu borada u bilan suhbat ham chop etildi.

Tecno

Bugun klub matbuot xizmati bosh murabbiy o‘zgargani haqida xabar tarqatdi. Ammo unda ham Lopesning ketgani xususida hech nima yozilmagan. Faqat Migel Alvaresning bosh murabbiy bo‘lgani to‘g‘risida xabar qilingan. Jumladan, shunday deyiladi: “jamoamiz murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘ldi. Bunga qadar ham jamoamizda ishlab kelayotgan Migel Alvares “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi!

alvares

Janob Migel Alvaresga yangi lavozimda omad tilaymiz!”, - deb yozilgan.

Ko‘rib turganingizdek, “Surxon” baribir ispaniyalik murabbiylar qo‘lida qoldi. Bu qanchalik samara berishini vaqt ko‘rsatadi.

"Iste’foni kutmagandim, biz isbotlay oldik, endi Ispaniyaga qaytib sharhlovchilik qilaman". "Surxon"ni tark etgan Lopes suhbatda dilidagi gaplarni aytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulomqodir Askhanov
09/09/2022 22:15
Лекин яхши булибди Испания хавосини Яна узокроок давом эттириб куриш керак
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
09/09/2022 14:07
Surhon ertangi uyinga faqat yutqazishini hohlayman qolgani esa omad galaba tark etmasin. chunki. Qushnimiz. va maydonga cheroyli fudbol targib qilapti bunoqa kamanda qancha kupaysa shuncha Uzbek fudboli yutadi