
Rasman! Stiven Nzonzi "Galatasaroy"ga ko‘chib o‘tdi
Rimning “Roma” klubi yarim himoyachisi Stiven Nzonzi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
“Galatasaroy” 30 yoshli frantsiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 1 yilga ijaraga oldi. Bu haqda Nzonzi o‘zining instagramdagi sahifasida e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” Nzonzini o‘tgan yoz “Sevilya”dan sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum A Seriyada 30ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar