
Rasman! "So‘g‘diyona"ning 3-goli Doriev hisobiga yozildi
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Ivan Boshkovich shogirdlari yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 43-daqiqasida Lyupche Doriev darvoza tomon zarba yo‘lladi, to‘p esa Suhrob Izzatovga tegib, gol bo‘ldi. Dastlab, bu vaziyat avtogol, deb topilgandi, lekin UzPFL o‘z sahifasi orqali bayonot berdi:
"Videotakrorlardan so‘ng "So‘g‘diyona" - "Bunyodkor" uchrashuvida kiritilgan uchinchi gol Lupcho Doriev hisobiga yozildi".
Eslatib o‘tamiz, bugungi xet-trik orqali Doriev Superliga to‘purari Toma Tabatadxega etib oldi.
Fikrlar