Rasman! "So‘g‘diyona" "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzoladi
O‘tgan mavsum "Lokomotiv" sharafini himoya qilgan himoyachi Alisher Salimov "So‘g‘diyona" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
U 1999 yil 22 iyulda Kattaqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. Salimov o‘tgan mavsumda "temiryo‘lchilar" tarkibida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Va 1366 daqiqa maydonda harakat qildi.
Futbolchi faoliyati davomida "Paxtakor U18", "Paxtakor U21", "Paxtakor", "Surxon", "Lokomotiv" jamoalarida to‘p tepgan.
"So‘g‘diyona" matbuot xizmati



Fikrlar