
Rasman! Shukurov ketgach, "Sharja" "Barselona" sobiq hujumchisi bilan shartnoma imzoladi
Birlashgan Arab Amirliklarning "Sharja" klubi ispaniyalik hujumchi Pako Alkaser bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda BAA klubi matbuot xizmati xabar berdi.
28 yoshli futbolchi yangi jamoasi safida 9-raqam ostida to‘p tepadi.
O‘tgan mavsumda Pako La Liga doirasida jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol hamda 3 ta samarali uzatma muallifiga aylangan.
Ayni vaqtda transfermarkt portali uni 9 million evroga baholamoqda.
Fikrlar