
Rasman! "Sevilya"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Rasman "Sevilya" o‘z sahifasi orqali jamoada Kike Sanches Flores ish boshlaganini ma’lum qildi.
Ispaniyalik mutaxassis bilan 2025 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzolandi. U oldinroq "Xetafe" jamoasini boshqargandi. Shuningdek, Sanches faoliyati davomida "Uotford", "Espanol", "Atletiko", "Al-Ayn", "Benfika" va "Valensiya" kabi jamoalarga ustozlik qilgan.
Kikeden oldin "Sevilya"da Diego Alonso ishladi. Bu mavsum hisobidan klub 2 ta murabbiyni o‘z lavozimidan ozod qildi.
Fikrlar