
Rasman! Saul Niges "Chelsi"ga o‘tdi
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Saul Niges faoliyatini "Chelsi"da davom ettiradigan bo‘ldi.
London klubi rasmiy saytining xabar berishicha, “aristokratlar” 26 yoshli ispaniyalik futbolchini 4 million evro evaziga bir yilga ijaraga olishgan. Ammo tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga binoan “Chelsi” ijara muddati yakunlangach Saulning transferini 35 million evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega.
Saul "Atletiko" safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 340 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 43 ta gol hamda 20 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Saul Niges Ispaniya terma jamoasi safida 19 ta o‘yinda ishtirok etgan va 3 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar