Rasman! "Qo‘qon-1912" Davron Fayziev o‘rniga tayinlangan yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

  • 28 aprel, 2023, 17:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" klubi yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, endi "shunqorlar"ni Muxsin Nizomiddinov boshqaradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Avvalroq, sobiq bosh murabbiy Davron Fayziev o‘z iltimosiga ko‘ra iste’foga chiqarilgandi. Uning shtabida ishlagan Shavkat Abduxo‘jaev va Hislat Chilmatov bilan ham ikki tomonlama shartnoma bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, "Qo‘qon-1912" ayni payt Pro-ligada 11 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Klub peshqadam "Lokomotiv"dan 5 ochko kam jamg‘argan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!