
Rasman! Petr Chex faoliyatini yakunladi
Londonning “Arsenal” klubi darvozaboni Petr Chex kecha sobiq jamoasi – “Chelsi”ga (4:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Evropa ligasi finalida ishtirok etdi. E’tiborlisi, bu uning faoliyatidagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi.
Kecha 37 yoshli chexiyalik posbon o‘zining futbolchilik faoliyatini rasman yakunladi. Ta’kidlash kerakki, Chex faoliyati davomida shuningdek "Chelsi", "Renn", "Sparta" va "Xmel" klublarida ham to‘p surgan. Chexiya terma jamoasida esa 124ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 121ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar