
Rasman! O‘zbekistonda yangi sport turi Adliya ro‘yxatidan o‘tdi. Unda futbol elementlari bor
Yaqinda tashkil etilgan O‘zbekiston tekbol federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tdi va o‘zining rasmiy faoliyatini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Joriy yilning o‘zida tekbol bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati tashkil etilishi rejalashtirilgan", - deyiladi MOQ xabarida.
Ma’lumot uchun, tekbol 2014 yilda vengriyalik ikki futbol fanati tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, asoschilari sobiq professional futbolchi Gabor Borshani va dasturchi Viktor Xusar hisoblanadi.
Tekbol futbol va stol tennisining uyg‘unlashgan ko‘rinishi hisoblanadi. Hozirda ushbu sport turiga qiziqish butun dunyoda ortib bormoqda.
Fikrlar