Rasman! Osiyo kubogi Xitoyda BO‘LMAYDI!

  • 14 may, 2022, 12:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yil Xitoyda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi boshqa davlatga ko‘chiriladi. Bu haqda OFK o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.

Tecno

“Xitoy Futbol Assotsiatsiyasi (CFA) bilan olib borilgan keng qamrovli muhokamalardan so‘ng, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) Xitoy tomonidan 2023 yilgi Osiyo Kubogini qabul qila olmasligi haqida rasman ma’lum qiladi”, - deyiladi tashkilot bayonotida.

Xabarda aytilishicha, bu qaror Xitoyda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab qabul qilingan.

Hozircha OFK Osiyo kubogi mezbonligini qaysi davlatga topshirishi haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Xitoy 2022 yil Xanchjou shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Osiyo o‘yinlarini ham noma’lum muddatga qoldirgani haqida xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
TURDIYEV AKRAMJON
14/05/2022 15:01
УЗБЕКИСТОНГА БЕРИНГЛАР ОФК.