
Rasman! "Oqtepa" - AGMK o‘yini o‘tadigan stadion o‘zgardi
Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuv mezboni hisoblangan “Oqtepa” klubi uy stadioni O‘zbekiston Kubogi musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha reglament talablariga javob bermaydi. Klub stadioni o‘zi ishtirok etayotgan A Pro Ligasi talablariga mos keladi. Ammo, Kubok bahslari 1/8 finaldan boshlab, sun’iy qoplamali maydonda o‘ynalishiga ruxsat berilmaydi.
Shu sababli, o‘yin Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadioniga ko‘chirildi. “Oqtepa” va AGMK klublari o‘rtasidagi o‘yin 21 avgust kuni o‘tkaziladi.
Fikrlar