Rasman! No‘’mon Xasanov iste’foga chiqdi

  • 22 may, 2019, 11:53
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha “Qo‘qon-1912” futbol klubida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Jamoa bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov o‘z arizasiga binoan iste’foga chiqdi. Jamoani vaqtinchalik Aziz To‘xtaboev boshqarib turadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

No‘’mon Hasanov iste’foga chiqdimi? "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmatidan javob

No‘’mon Hasanov 2016 yilning 2-davrasida jamoani juda qiyin vaziyatda qabul qilib olgan edi. Tajribali murabbiy “Qo‘qon-1912” jamoasini kuchlilar safida olib qolishni uddasidan chiqdi. Qolaversa, No‘’mon Hasanov murabbiylik qilgan davrda juda ko‘plab yutuqlarga erishildi. Jumladan, “Qo‘qon-1912” klubi 2017 va 2019 yillarda Farg‘ona viloyat hokimi kubogi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek 2017 yilda Qo‘qon futboli tarixidagi eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriya takrorlandi. Jamoa 2-turdan 13-turgacha 11 ta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmadi. “Qo‘qon-1912” jamoasi Toshkentda “Paxtakor” , “Lokomotiv” jamoalaridan ochko tortib olishga erishdi. “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida mag‘lub etildi.

No‘’mon Hasanov davrida “Qo‘qon-1912” futbol klubidan O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari tarkibiga 3 nafar futbolchi taklif qilindi hamda bu futbolchilar Osiyo miqyosidagi yirik halqaro musobaqalarda vatanimiz sha’nini munosib himoya qilishdi. No‘’mon Hasanov murabbiylik faoliyati davomida yosh futbolchilarni tarbiyalashga ham jiddiy e’tibor qaratdi. Jumladan Javohir Sidiqov, Oybek Rustamov kabi futbolchilar nafaqat “Qo‘qon-1912” futbol klubining balki O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarining ham asosiy futbolchilari bo‘lib etishishida bosh murabbiyning xizmatlari katta bo‘ldi. No‘’mon Hasanov jamoaga bosh murabbiy bo‘lib kelgan vaqtda asosiy maqsadi Qo‘qonlik futbol muxlislarini stadionga qaytarish ekanligini ta’kidlagan edi. Darhaqiqat o‘tgan mavsumlarda Qo‘qondagi “Markaziy” stadioni muxlislar bilan to‘lib toshdi. “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z muxlislariga juda ko‘plab quvonchli va hayajonli daqiqalarni hadya qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Gaffarov Muzaffar
22/05/2019 16:47
Niyat qilamiz xudo xoxlasa Qo'qon yangi murabbiyi bilan Termizdan ochko bilan qaytadi. Bu xam Navbaxorga xam Qo'qonga foyda bolardi. Aduahiy balet qilamiz Qo'qonga keyingi turda.
&
Bek 77
22/05/2019 15:54
omadi kelmadi shu yili no‘mon akani
&
Daler @FUTBOL13
22/05/2019 15:40
Nomon Hasanov yaxshi murabiy endi klub nma desa shu yana nmayam demiz Nomon Xasanovni keyngi faolyatida omad tillaymiz
АС МИЛАН
22/05/2019 13:09
Осонгина ўз аризасига биноан деб қўйишади....
&
Arthur Melo
22/05/2019 13:03
Har bir murabbiy karerasida cho'kish bo'ladi. Balki shu cho'kish aynan manashudir. Kelasi jamoalarda omad!
&
ахмад49
22/05/2019 12:39
Юкоридаги маколага ишонсак Нуъмон Хасанов тилло одам эканку,унда нега бушатилди хайронмиз.
&
Юксак марралар сари
22/05/2019 12:57
Бу йилги натижалари учун
&
ахмад49
22/05/2019 12:39
Юкоридаги маколага ишонсак Нуъмон Хасанов тилло одам эканку,унда нега бушатилди хайронмиз.
&
ахмад49
22/05/2019 12:39
Юкоридаги маколага ишонсак Нуъмон Хасанов тилло одам эканку,унда нега бушатилди хайронмиз.