Rasman! Nike Rossiya grandi bilan hamkorlikni to‘xtatdi

  • 12 may, 2022, 20:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amerikaning sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi Moskvaning "Spartak" klubi bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

“Nike kompaniyasi “Spartak”ni hamkorlik shartnomasini bekor qilganligi to‘g‘risida xabardor qildi. Chunki UEFA qaroriga ko‘ra, bizning klub kelasi mavsumda evrokuboklarda ishtirok eta olmaydi.

“Spartak” tijorat bo‘limi rahbariyati jamoaga ekipirovkalar etkazib beruvchi yangi hamkor qidirish ustida ishlamoqda”, — deyiladi Moskva klubi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Nike va “Spartak” 2005 yildan buyon hamkorlik qilib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!