
Rasman: Massimiliano Allegri "Milan" bosh murabbiyi etib tayinlandi
Italiyaning "Milan" klubi rasman ma’lum qilishicha, jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida Massimiliano Allegri tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
57 yoshli mutaxassis avval ham 2010–2014 yillar oralig‘ida "rossonerilar"ni boshqargan. Shuningdek, u faoliyati davomida "Yuventus", "Kalyari", "Sassuolo", "Lekko" va boshqa jamoalarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" joriy mavsum A Seriyada 38 o‘yinda 63 ochko to‘plab, musobaqa jadvalining 8-o‘rinda yakunladi. Qoniqarsiz natijalardan so‘ng klub rahbariyati bosh murabbiy Serjiu Konseysauni iste’foga chiqarishga qaror qilgan edi.
Fikrlar