Rasman: Masharipov jamoasi chempionlik poygasidan chiqdi!

CHERY AUTO

BAA chempionati 24-turidan o‘rin olgan "Baniyas" - "Shabab Al-Ahli" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Chempionlik poygasida ko‘p narsalarni hal qilib beruvchi ushbu bahsda jamoalar nursiz durangga imzo chekdi.

Tecno

"Shabab Al-Ahli" tarkibida 2 legionerimiz o‘yin o‘tkazdi. Odiljon Hamrobekov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa, Jaloliddin Masharipov ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushirildi. Biroq ular bugun jamoasiga natija keltira olmadi.

Shu tariqa, ochkolari sonini 44 taga etkazib olgan "Shabab Al-Ahli" rasman chempionlik poygasidan chiqdi. Endilikda ularning 1-o‘rindagi "Al-Jazira"ga etib olishlari matematik jihatdan ilojsiz. Lekin kuchli uchlikka hali imkoniyat mavjud. Bu yo‘lda ularga omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!