
Rasman! "Manchester Siti" darvozaboni boshqa klubga o‘tdi
"Midlsbro" matbuot xizmati klub rasmiy saytida "Manchester Siti"ning amerikalik darvozaboni Zak Steffenning transferi haqida e’lon qildi.
"Midlsbro" 27 yoshli posbonni 2023 yilning yoziga qadar ijaraga olgan. Zak joriy yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida bu transferga rozi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Steffen 2019 yildan buyon «Manchester Siti» safida o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “shaharliklar” safida barcha musobaqalarda jami 21 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 16 ta gol o‘tkazib yuborgan. U AQSh terma jamoasi safida 29 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar