
Rasman: "Liverpul" Oksleyd-Chemberlen bilan shartnomani uzaytirdi(FOTO)
Ximoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirdi.
26 yoshli futbolchi yangi uzoq yillik bitimga imzo chekdi.
"Liverpool Echo"ning xabariga ko‘ra, futbolchi 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, Oksleyd-Chemberlen uzoq muddat davomida tizzasidan olgan jarohati maydonga tusha olmagan.
So‘nggi mavsumda, ximoyachi bor-yo‘gi 2 ta uchrashuvda o‘ynagan.
Fikrlar