Rasman! "Liverpul" Kariusni Bundesliga klubiga ijaraga berdi

  • 28 sentabr, 2020, 22:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" darvozaboni Loris Karius faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Mersisaydliklar rasmiy saytining xabar berishicha, Berlinning “Union” klubi 27 yoshli germaniyalik posbonni mavsum oxirigacha ijaraga olgan.

“Yana Bundesligaga qaytganimdan judayam xursandman. “Union” men o‘z hissamni qo‘shishni istagan o‘ziga xos klub”, - dedi Loris.

Karius 2016 yildan buyon “Liverpul” futbolchisi hisoblanadi. Uning APL chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!