
Rasman! "Lion" yangi mavsumni yangi murabbiy qo‘l ostida boshlaydi
"Lion" klubi bosh murabbiyi Bruno Jenezio joriy mavsum yakunlangach o‘z lavozimini tark etadi. 52 yoshli mutaxassis bu haqda bugung tashkil etilgan matbuot anjumanida e’lon qildi.
“Men bu jamoada salbiy munosabatlarga duch keldim. Bu futbolchilarga yomon ta’sir qiladi. Kelasi mavsum men “Lion”ni boshqarmayman. Bularning barchasi jamoaning manfaatlari uchun qilindi. Umid qilamanki, biz bu mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz”, - deydi Jenezio.
Ma’lumot uchun, Jenezio "Lion"ni 2015 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. Yangi mavsumda uning o‘rnini Joze Mourino egallashi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Lion” Frantsiya chempionatining ortda qolgan 32ta tur yakunlariga ko‘ra 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar